Grand Town Investment
+998 77 009 22 23 Ariza qoldirish

Toshkent metallurgiya zavodi — Bojxona ombori

Bojxona omborxonasini yangilash

Buyurtmachi«TMZ» MCHJ
JoylashuvToshkent viloyati, Yangi Hayot tumani
Ish hajmiTa’mirlash va modernizatsiya
HolatYakunlangan ,
Obyekt haqida

Bojxona omborxonasini yangilash

Toshkent viloyati Yangi Hayot tumanida joylashgan TMZ «Bojhona omborxonasi» obyektini ta’mirlash

Kompaniyamiz TMZ «Bojhona omborxonasi» obyektini ta’mirlash loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Loyihaning asosiy maqsadi mavjud bino va inshootlarni zamonaviy talablar darajasida yangilash, ularni xavfsiz, samarali va qulay ishlashga moslash edi.

Ta’mirlash ishlari doirasida bino strukturalarini mustahkamlash, tom va pol qoplamalarini yangilash, devor va fasadlarni ta’mirlash, ichki muhandislik tizimlarini – elektr, suv va ventilyatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish ishlarini amalga oshirdik. Hududni obodonlashtirish va transport yo‘laklarini tartibga solish ishlari ham loyihaga kiritildi.

Loyiha barcha qurilish me’yorlari va xavfsizlik standartlariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirildi va buyurtmachiga tayyor “kalit topshirish” formatidagi obyekt taqdim etildi. Natijada bino uzoq muddatli va samarali foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Boshqa loyihalar

Buyurtmachilarga topshirgan obyektlarimiz va hozir qurayotgan ishlarimiz bilan tanishing.